"Barselona" va "Liverpul" qiziqqan futbolchi jamoasi bilan shartnomani uzaytiradi
07.08.2026 00:32 Ўқилди: 155
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi. Manbaga ko'ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladigan amaldagi shartnomasini uzaytirishga tayyorligini bildirgan. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda kechmoqda va kelishuv yakuniy bosqichga etgan. Hozircha hech qanday hujjat imzolanmagan bo'lsa-da, shartnomani uzaytirish futbolchining asosiy ustuvor maqsadi hisoblanmoqda.
Qayd etilishicha, "Tottenhem" Premer-ligadagi o'rnini saqlab qolganidan keyin van de Ven klubda qolishga qaror qilgan. Shuningdek, yozgi transferlar oynasida "Barselona" va "Liverpul"ning qiziqishi haqida xabarlar tarqalgan bo'lsa-da, bu borada aniq muzokaralar bo'lmagan.
Muzokaralarga bosh murabbiy Roberto De Dzerbining ham ta’siri katta bo'lgan. Italiyalik mutaxassis van de Venga uning jamoa uchun naqadar muhim futbolchi ekanini yana bir bor takidlagan.
"Tottenxem" rahbariyati yangi shartnoma bo'yicha kelishuvni shu oy ichida rasman yakunlashni rejalashtirmoqda.