"Siti" Traffordni "Lids" uchun rekord darajadagi 40 million funt va bonuslar evaziga sotdi. Jeyms tarixdagi eng qimmat britan darvozaboniga aylandi
06.08.2026 23:56 Ўқилди: 261
"Lids" "Manchester Siti"dan Jeyms Trafford transferi haqida e'lon qildi. 23 yoshli darvozabon 5 yillik shartnoma imzoladi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, bitim summasi 40 million funt va bonuslarni tashkil etgan. Bu "Lids" tarixidagi rekord transfer hisoblanadi. Trafford tarixdagi eng qimmat britan darvozaboniga aylandi. O'tgan mavsumda Jeyms "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol o'tkazib yubordi.