
Fojia 4 avgust kuni Naratxivat viloyatining Sungaykolok shahrida sodir bo'ldi. O'yin vaqtida kuchli yomg'ir va shamol bilan momaqaldiroq boshlangan, shundan so'ng chaqmoq futbol maydoni hududiga urgan.
Turnirda "Abu x Nong Sirin" jamoasi safida to'p surgan Avae og'ir tan jarohatlarini oldi. Shifokorlar futbolchini qutqarishga harakat qilishdi, biroq keyinchalik u vafot etdi.
Mahalliy OAV xabarlariga ko'ra, chaqmoq urishi oqibatida yana bir necha kishi jabrlangan. Turli manbalar 8–10 nafar jabrlanuvchi haqida xabar bermoqda. Sakkiz nafar futbolchi shifoxonaga yotqizilgan, Malayziyadan kelgan bir futbolchi davolanishni o'z vatanida davom ettirishga qaror qilgan, yana ikki kishi tekshiruvdan o'tmoqda.
Avae avvalroq "Pattani" jamoasida o'ynagan va fojiadan sal oldin "Yala" klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Jamoa futbolchining oila a'zolariga hamdardlik bildirdi, muxlislar va taylandlik futbol vakillari ijtimoiy tarmoqlarda uning xotirasini yodga olishdi.
Golok FA Cup - Tailandning janubiy viloyatlari jamoalari, shuningdek, qo'shni Malayziya klublari ishtirok etadigan mintaqaviy turnir hisoblanadi.
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21324 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 18857 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14449 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 6079 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4303 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 24.08.2026 19:56 Ўқилди 4152 “Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo'yicha so'rov yubordi |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 4039 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 25.08.2026 01:16 Ўқилди 3783 Behruz Karimovning "Lugano"dagi ilk kuni |
![]() | 24.08.2026 23:40 Ўқилди 3756 "Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3394 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
Реклама
Сайт хақида