Yana bir iroqlik futbolchi "Paxtakor" bilan shartnoma imzolaydi
27.07.2026 23:40 Ўқилди: 1176
Gap, Ayman Hussayn haqida ketmoqda. 30 yoshli markaziy hujumuchi payshanba kuni (30 iyul) “sherlar” bilan bitim imzolash uchun Toshkentga keladi.
Ayman Hussayn faoliyati davomida “Al Naft”, “Al Shorta”, “Umm Salal”, “Al Jazira”, “Al Vakra” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Hussayn faoliyati davomida 107 uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Futbolchining so'nggi jamoasi “Al Karma” klubi bo'lgan.