"Real" Diomandeni "Leyptsig"dan 100+ mln evroga sotib oldi. Vinger bilan shartnoma 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi
27.07.2026 00:16 Ўқилди: 833
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
Madridliklar Bundesliga klubi bilan transfer bo'yicha yakuniy kelishuvga erishdi. Bitim summasi 100 million evrodan oshadi.
Diomande shu hafta Madridga yo'l oladi, u yerda tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Real" bilan 2031 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Vinger 2025 yilning yozidan beri "RB Leyptsig"da o'ynamoqda. Futbolchi Bundesligadagi debyut mavsumida 12 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.