
Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2026 bosh sovrini uchun hal qiluvchi bahs xavf ostida qoldi. Bunga Kanadada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida havoning keskin ifloslanishi sabab bo‘lmoqda.
Hozircha o‘yinni ko‘chirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan, biroq FIFA va AQSHning tegishli xizmatlari vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ole.us nashrining xabar berishicha, AQSH rasmiylari futbolchilar va muxlislar sog‘lig‘ini mutlaq ustuvor vazifa deb hisoblaydi. Shu sababli, agar havo sifati sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirsa, tegishli choralar ko‘riladi.
Ma’lumot uchun: FIFA reglamentida bunday favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qo‘llaniladigan maxsus harakatlar algoritmi mavjud. Biroq tashkilot o‘z tarixida ushbu qoidani amaliyotda hali biror marta qo‘llamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli yuzaga kelgan tutun sababli polyak hujumchisi Robert Levandovskining «Chikago Fayr» safidagi debyut uchrashuvi qoldirilgan va o‘yin boshqa muddatga ko‘chirilgan edi.
JCH-2026 final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozircha AQSH rasmiylari vaziyat bo‘yicha ob-havo prognozi umuman olganda ijobiy ekanini va xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilmoqda.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191715 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112511 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25718 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19121 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16384 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14080 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 20.07.2026 01:11 Ўқилди 11746 JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9269 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 17.07.2026 07:55 Ўқилди 8656 JCH-2026 finali qoldirilishi mumkin |
![]() | 17.07.2026 01:56 Ўқилди 5807 Jo Koul: "Angliya terma jamoasini ingliz murabbiy boshqarishi kerak" |
Реклама
Сайт хақида