"Real" Diomandening transferi bo'yicha "Leyptsig" bilan kelishuvga erishdi
26.07.2026 22:32 Ўқилди: 762
Insayder Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi 19 yoshli futbolchining transferi bo'yicha "Leyptsig" bilan principial kelishuvga erishgan. Ivuarlik futbolchining o'zi avvalroq "Real" bilan besh yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan edi.
Diomande 2025 yilning yozidan beri nemis jamoasida o'ynamoqda. Vinger Bundesligadagi debyut mavsumida 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.