Sergey Lebedev: "Maydonda kuchli edik va buni hisobda ham aks ettira oldik"
25.07.2026 21:32 Ўқилди: 1121
- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. "Lochin" yaxshi jamoa bo'lgani uchun ularni mag'lub etish oson bo'lmadi. Qiyinchilik bilan g'alaba qozondik. Buning uchun maydonga tushgan barcha futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Kurash oxirigacha kechdi, "Lochin" ham jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qildi. Lekin maydonda biz kuchli edik va buni hisobda ham aks ettira oldik. Bir nechta qulay vaziyatlardan foydalana olmadik, raqib esa bizning xatoyimizdan gol urdi.