O'zbekiston U-17 terma jamoasi OKMK U-19 tarkibiga qarshi nazorat o'yinida durang o'ynadi
25.07.2026 21:24 Ўқилди: 557
Milliy futbol markazi maydonida kechgan bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Murosasiz kechgan bellashuvda hisob 45-daqiqada Laziz Abduraimov tomonidan ochildi. Biroq o'yin yakunlanishiga oz fursat qolganida, yani 81-daqiqada OKMK vakillari muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.
O'smirlar terma jamoamiz ushbu bellashuvni quyidagi asosiy tarkibda boshladi: Mehroj Sirojiddinov, Mashhurbek Abdisoliev, Mirjamol Anvarov (sardor), Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiev, Islom Ravshanov, Amirxon Erkinov, Muhammad Mamatov, Xabibulloh Tohirov, Mirkomil Murodov va Laziz Abduraimov.
Murabbiylar shtabi uchrashuv davomida zaxiradan Abduboriy Zoidjonov, Rustam Toirov, Saidxon Zoidxonov, Nurmuhammad O'ktamov, Ozodbek Tolibjonov, Elsevar Olimov, Sog'inch Marupov, Humoyun Sindarov, Shoxruh Rahmonaliev hamda Ziyodulla Salomovni maydonga tushirib, ularning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi.