
“Termiz shahrida joylashgan “Surxon arena” stadioni chimi va unga tutash hududda barpo etilgan qo'shimcha maydon chimi sifati yaqingacha ham respublikadagi eng yaxshilaridan biri edi. Afsuski, bugunga kelib har ikki maydon holati achinarli ahvolga kelib qolgan.
Shundan kelib chiqib, “Surxon” futbol klubi 30 iyun kuni Ligaga rasmiy xat yo'llab, yaqin orada Superliga va O'zbekiston kubogi doirasidagi uy uchrashuvlarini Termizda o'tkaza olmasligini ma'lum qilgan. Bunga sabab sifatida esa iqlimning keskin isib ketishi ko'rsatilgan.
“Surxon” 6 may kuni Ligaga o'xshash xat bilan murojaat qilgan bo'lib, unda “Surxon arena” chimi kundan-kunga yomonlashayotgani, shundan kelib chiqib, O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasidagi Paxtakor klubiga qarshi uchrashuvni Paxtakor stadionida o'tkazish masalasida Ligadan amaliy yordam so'ragan. 18 may kuni esa “Surxon arena” ta'mirlash ishlari uchun yopilayotgani ma'lum qilingan.
Mavjud vaziyatni o'rganib chiqqan Liga 9 iyun kuni “Surxon” klubi hamda Surxondaryo viloyati hokimligiga rasmiy murojaat qilib, unda kubok guruh bosqichi doirasidagi uchrashuv “Paxtakor stadioni”da o'tkazilishiga nima sababdan ruxsat berilgani, klub mazkur masalada surxondaryolik futbol muxlislari oldida mas'uliyatni his qilishi lozimligi, tanaffusdan keyin - 23 iyul kuni “Dinamo” klubi “Surxon” mehmoni bo'lishi va agar unga qadar Surxon arena chimini yaxshi holatga keltirish imkoniyati mavjud bo'lmasa, Surxon uy uchrashuvlariga surxondaryolik futbol muxlislari uchun nisbatan qulayroq lokaciya tanlashi lozimligi qayd etilgan. Xat bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
Ma'lumki, “Surxon” klubi Toshkent shahrida mashg'ulotlar o'tkazadi va uning mamuriy boshqaruvi ham poytaxtdan turib amalga oshiriladi. Faqatgina rasmiy uchrashuvni o'tkazish uchun delegaciya Termizga tashrif buyuradi. O'tgan davr davomida klub rahbariyati stadionlarni parvarishlash, rasmiy uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish va boshqa masalalarda namuna ko'rsatib kelgan. Biroq 2026 yilga kelib, klubda ro'y berayotgan moliyaviy muammolar fonida Superliga o'yinlarini qabul qila oladigan viloyatdagi yagona stadion, taassuf bilan aytish kerakki, deyarli boy berildi. Ayni holatda mazkur stadionda Proliga uchrashuvlarini ham o'tkazish imkoniyati mavjud emas.
Holatning iqlim bilan izohlanishi masalasi esa Ligada shubha uyg'otadi. Zero, 2025 yilning iyun oyi O'zbekistonda iqlim ma'lumotlari yuritila boshlangan davridan buyon kuzatilgan eng issiq va quruq oylar beshligidan o'rin olgan pallada ham “Surxon" arena” chimi klub tomonidan berilgan e'tibor fonida o'z sifatini yo'qotmagan.
Mamlakatimizda Superliga uchrashuvlarini qabul qila olish darajasidagi stadionlar soni ma'lum davr davomida bittaga kamayayotganini afsus bilan ma'lum qilamiz. Liga surxondaryolik futbol muxlislari Superliga havosidan uzoq vaqt davomida bahramand bo'la olmagani va keyinchalik Surxon futbol klubi bosh homiysi yordamida nafaqat klubdagi katta muammolar hal etilgani, balki “Surxon arena” qayta ta'mirdan chiqarilganini etirof etadi hamda “Surxon” klubi rahbariyati va Surxondaryo viloyati hokimligini o'zaro hamkorlikda viloyatga katta futbolni iloji boricha tezroq qaytarish masalasida ish olib borishga chaqiradi”, - deyiladi xabarda.
![]() | 28.06.2026 04:55 Ўқилди 103745 JCH-2026. GOOOL! O‘zbekiston Kongoga qarshi o‘yinda hisobni ochdi (video) |
![]() | 28.06.2026 04:24 Ўқилди 57065 FOTO. O'zbekistonlik muxlislar "Mercedes-Benz" stadionida |
![]() | 29.06.2026 21:56 Ўқилди 19994 LIVE. JCH. Braziliya - Yaponiya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 01.07.2026 22:08 Ўқилди 13663 "Bavariya" Marokash terma jamoasining JCH-2026dagi eng yaxshi to'purari Saybari transferini e'lon qildi |
![]() | 03.07.2026 03:55 Ўқилди 12427 Simon Jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan «quruq seriya» muallifiga aylandi |
![]() | 04.07.2026 03:22 Ўқилди 12197 Ob-havo sabab Braziliya — Norvegiya uchrashuvi vaqti o‘zgarishi mumkin |
![]() | 01.07.2026 21:16 Ўқилди 11139 LIVE. JCH. Angliya - Kongo DR 0:1 (matnli translyatsiya) |
![]() | 28.06.2026 04:08 Ўқилди 10275 JCH-2026. Xorvatiya Ganani mag'lub etib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi |
![]() | 28.06.2026 06:11 Ўқилди 9486 JCH-2026. Iordaniya — Argentina. Messi zaxirada qoldi |
![]() | 02.07.2026 23:55 Ўқилди 9483 Eron sport vazirligi JCH-2026 mezbonlari va FIFAni tanqid qildi |
Реклама
Сайт хақида