Bugun, 28 iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2026 final bosqichi "J" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Iordaniya hamda Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Uchrashuv AQSHning Arlington shahridagi «Ey-Ti-end-Ti» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshqaradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.
Argentina milliy jamoasi Lionel Messi zaxirada qoldirildi.
Jahon chempionati-2026. "J" guruhi, 3-tur 28 iyun, 07:00. Arlington (AQSH), «Ey-Ti-end-Ti» stadioni IORDANIYA - ARGENTINA Iordaniya: Abu Layla, Al-Arab, Haddad, Nasib, Abu Dag‘ab, Abu Taha, Al-Ravabdeh, Ar-Rashdan, Olvan, Al-Fahuriy, Azayze. Argentina: Emiliano Martines, Talyafiko, Otamendi, Senesi, Paredes, Lo Chelso, Palasios, Pas, Juliano Simeone, Xulian Alvares, Lautaro Martines.
Ikki turdan keyin Argentina terma jamoasi 6 ochko bilan J guruhida peshqadamlik qilmoqda. Iordaniya esa har ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda 3 ochkodan jamg‘argan Avstriya hamda Jazoir terma jamoalari joylashgan.