
Eron sport va yoshlar ishlari vaziri Ahmad Dunyamali futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatida milliy jamoaning ishtiroki yakunlarini sarhisob qildi va musobaqa mezbonlari hamda FIFA faoliyatini tanqid qildi.
«Afsuski, mezbon mamlakat o‘zining huquqiy majburiyatlarini to‘liq bajarmadi va musobaqa ishtirokchilari uchun teng hamda adolatli sharoitlarni ta’minlay olmadi. Bu ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi va hozirda mezbon mamlakat hamda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ga nisbatan bir qator shikoyatlar ko‘rib chiqilmoqda.
Milliy terma jamoamiz futbolchilari haqiqatan ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular duch kelgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, bor kuchini ishga solishdi. Quvonarlisi, jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi va ijobiy munosabati jamoaning ishtiroki yuqori baholanganini ko‘rsatdi.
Endigi asosiy maqsadimiz — terma jamoani Osiyo kubogiga eng yaxshi tarzda tayyorlash. Umid qilamizki, ushbu musobaqada jamoa jahon chempionatidagi mehnati uchun munosib natijaga erishadi», — dedi Dunyamali.
Eron terma jamoasi JCH-2026da guruh bosqichida ishtirokini yakunladi. Jamoa G guruhida 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Eronliklar Yangi Zelandiya bilan 2:2, Belgiya bilan 0:0 va Misr bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatoriga kira olmagani uchun pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
![]() | 28.06.2026 04:55 Ўқилди 103733 JCH-2026. GOOOL! O‘zbekiston Kongoga qarshi o‘yinda hisobni ochdi (video) |
![]() | 28.06.2026 04:24 Ўқилди 57053 FOTO. O'zbekistonlik muxlislar "Mercedes-Benz" stadionida |
![]() | 29.06.2026 21:56 Ўқилди 19970 LIVE. JCH. Braziliya - Yaponiya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 01.07.2026 22:08 Ўқилди 13624 "Bavariya" Marokash terma jamoasining JCH-2026dagi eng yaxshi to'purari Saybari transferini e'lon qildi |
![]() | 03.07.2026 03:55 Ўқилди 12400 Simon Jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan «quruq seriya» muallifiga aylandi |
![]() | 01.07.2026 21:16 Ўқилди 11103 LIVE. JCH. Angliya - Kongo DR 0:1 (matnli translyatsiya) |
![]() | 24.06.2026 02:24 Ўқилди 10305 Jahon chempionati-2026. Portugaliya - O'zbekiston 5:0 |
![]() | 28.06.2026 04:08 Ўқилди 10257 JCH-2026. Xorvatiya Ganani mag'lub etib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi |
![]() | 02.07.2026 23:55 Ўқилди 9459 Eron sport vazirligi JCH-2026 mezbonlari va FIFAni tanqid qildi |
![]() | 28.06.2026 06:11 Ўқилди 9453 JCH-2026. Iordaniya — Argentina. Messi zaxirada qoldi |
Реклама
Сайт хақида