Abbosbek Fayzullayev JCH-2026dagi tarixiy goliga izoh berdi
22.06.2026 21:33 Ўқилди: 19
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida Kolumbiya darvozasiga urgan tarixiy goli haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahsda O‘zbekiston terma jamoasi 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, Fayzullayev mamlakat tarixida jahon chempionati final bosqichida gol urgan ilk futbolchiga aylangan edi.
— Avvalo, gol bilan tabriklaymiz. — Rahmat, katta rahmat.
— Gol urilgan vaziyat haqida gapirib bersangiz. — Hujum qilayotgan paytimizda gol urish mumkinligini his qildim. O‘ylashimcha, kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘ldim, — dedi Fayzullayev.