Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Martinesni Ronaldu sabab tanqid qildi
18.06.2026 06:55 Ўқилди: 183043
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kris Satton Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning Kongo DRga qarshi JCH-2026 1-tur uchrashuvidagi qarori yuzasidan tanqidiy fikr bildirdi.
Uchrashuvda 41 yoshli Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Sattonning fikricha, Martines Ronalduni almashtirishdan qo‘rqadi va bu jamoa manfaatiga to‘sqinlik qiladi.
«Martines Ronalduni maydondan olishdan qo‘rqadi. U haqiqiy murabbiy emas. U hatto g‘alaba golini ursa ham, bugun u to‘liq o‘yindan chiqib ketgan edi», — dedi Satton A Bola nashriga bergan izohida.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Bu Ronalduning faoliyatidagi oltinchi mundial hisoblanadi.
Portugaliya terma jamoasi guruh bosqichi keyingi turlarda O‘zbekiston va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.