Messining xotini JCH-2026dagi xet-trikdan keyin eriga murojaat qildi
18.06.2026 06:44 Ўқилди: 11464
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi CHM-2026 guruh bosqichi 1-turida Jazoirga qarshi o‘yinda (3:0) xet-trik qayd etganidan so‘ng, uning rafiqasi Antonella Rokusso ijtimoiy tarmoqlarda eriga murojaat qildi.
17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Argentina Jazoirni ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Messi o‘yin davomida uchta gol urib, jamoasining barcha gollariga mualliflik qildi: 17-, 60- va 76-daqiqalarda.
O‘yin natijasidan so‘ng Antonella Rokusso o‘z sahifasida quyidagi so‘zlarni yozdi:
«Olg‘a, Argentina! Har doim sen bilanman, Lionel. Sen ajoyibsan!»
Ma’lumot uchun, Messi jahon chempionatlari tarixidagi umumiy gollar sonini 16 taga yetkazdi va Germaniyalik sobiq hujumchi Miroslav Klozega yetib oldi.