"Arsenal" 85 mln funt so'ralayotgan futbolchi bilan shartnoma imzolaydimi?!
21.06.2026 21:32 Ўқилди: 4188
"Aston Villa" yarim himoyachi uchun taxminan 85 million funt so'raydi.
“Kanonirlar" yarim himoyachisi Deklan Rays Morganni londonliklarga qo'shilishga undamoqda. Birmingemliklar moliyaviy feyr-pley sabab o'yinchilarni sotishlari kerak. Shunga qaramay, Rojersning uzoq muddatli shartnomasi "Villa"ning muzokara poziciyasini kuchaytiradi.
Rojers o'tgan mavsumda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.