Tojikiston kubogi: "Xo'jand" amaldagi chempion – "Istiqlol"ni 1/8 finaldayoq musobaqadan chiqarib yubordi
21.06.2026 21:24 Ўқилди: 1827
Xo'jandning "Xo'jand" jamoasi mamlakatning eng sovrindor klubi va amaldagi chempion - Dushanbening "Istiqlol" jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lub etib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Xo'janddagi "Mustaqillikning 20 yilligi" stadionida bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Bu natija javob o'yini oldidan "Xo'jand"ga katta ustunlik berdi.
Dushanbedagi Markaziy stadionda kechgan ikkinchi bahsda "Istiqlol" futbolchilari vaziyatni o'nglashga harakat qilishdi va 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo'limning 4-daqiqasida kiritildi. Ammo Vitaliy Levchenko shogirdlari raqib darvozasiga boshqa yo'l topa olmadi.
Kubokni tark etganiga qaramay, "Istiqlol" mamlakat chempionatida peshqadamlik qilmoqda.