Portugaliyaning yana bir himoyachisi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi
21.06.2026 20:40 Ўқилди: 979
Portugaliyaning Jahon chempionati vaqtidagi qarorgohi hisoblangan Palm-Bichdagi "Gardens North County District Park" majmuasida, musobaqa debyutida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi kechgan durang (1:1) o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan himoyachi yakka tartibda shug'ullandi va ommaviy axborot vositalari uchun ochiq bo'lgan 15 daqiqa davomida maydonda ko'rinish bermadi. Tomash Arauju mashg'ulotda qatnashmagan yagona futbolchi bo'ldi.
Avvalroq Ruben Diash yakka tartibda shug'ullangani va ilk o'yindan keyin safga qaytgani haqida xabar berilgandi.