JCH-2026. Niderlandiya — Shvesiya. Tarkiblar e’lon qilindi
20.06.2026 21:22 Ўқилди: 39
Jahon chempionati–2026 "F" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Niderlandiya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun asosiy tarkiblar ma’lum bo‘ldi.
Bahs AQSHning Xyuston shahridagi «Houston Stadium» arenasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqarib boradi.
Niderlandiya: Bart Verbryuggen, Virjil van Deyk, Yan Paul van Xekke, Mikki van de Ven, Denzel Dyumfris, Rayan Gravenberx, Teyani Reynders, Frenki de Yong, Kodi Gakpo, Doniell Malen, Brayan Brobbi.
Shvesiya: Kristoffer Nordfeldt, Gustaf Lagerbilke, Viktor Lindelyof, Isak Xiyen, Gabriel Gudmundsson, Aleksander Bernxardsson, Benyamin Nyugren, Yesper Karlstryom, Yasin Ayyari, Aleksander Isak, Viktor Dyokeresh.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Niderlandiya Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Shvesiya Tunisni 5:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Hozirda Shvesiya terma jamoasi 3 ochko bilan "F" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Niderlandiya hisobida esa 1 ochko mavjud.