Portugaliya bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma'lum
19.06.2026 17:56 Ўқилди: 1136
O'tgan mavsumda Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubini boshqargan va hozirda ishsiz yurgan mutaxassis Portugaliya boshqaruvida Roberto Martinesning o'rnini egallashi mumkin.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Portugaliyaning amaldagi bosh murabbiyi Roberto Martines Jahon chempionatidan keyin terma jamoa boshqaruvida qolmasligi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, Portugaliya futbol federatsiyasi murabbiyga o'rinbosar qidirmoqda va "ESPN" nashrining ma'lum qilishicha, Jorji Jezush ushbu lavozimni egallash uchun asosiy favorit hisoblanadi.
Portugaliyada ulkan tajribaga ega bo'lgan va butun dunyoga tanilgan mutaxassis – xususan, 2019 yilda "Flamengo" bilan Braziliya chempionati va Libertadores kubogida g'olib chiqqan – Jorji Jezush terma jamoa boshqaruviga "Al-Nassr"dagi ajoyib mavsumdan so'ng kelishi mumkin. U Saudiya Arabistoni chempionatidagi chempionlikdan tashqari, mavsum davomida 40 ta g'alaba, uchta durang va bor-yo'g'i oltita mag'lubiyat qayd etgan edi.