Meksika - Jahon chempionati ochilish o'yinlarining haqiqiy rekordchisi
11.06.2026 21:24 Ўқилди: 715
Meksika shu orqali mundial tarixida ochilish o'yinlarida eng ko'p qatnashgan terma jamoaga aylanadi.
Meksikaliklar bugunga qadar Jahon chempionatlarining ochilish bahslarida 7 marta ishtirok etgan:
1930 - Fransiyaga 1:4 mag'lub bo'lgan.
1950 - Braziliyaga 0:4 mag'lub bo'lgan.
1954 - Braziliyaga 0:5 mag'lub bo'lgan.
1958 - Shvetsiyaga 0:3 mag'lub bo'lgan.
1962 - Braziliyaga 0:2 mag'lub bo'lgan.
1970 - SSSR bilan 0:0 durang o'ynagan.
2010 - JAR bilan 1:1 durang o'ynagan.
Shunday qilib, 2026 yilgi mundial ochilishi Meksika uchun 8-ochilish o'yini bo'ladi. Bu esa ularni Jahon chempionati tarixida ochilish bahslarida eng ko'p qatnashgan terma sifatidagi rekordini yanada mustahkamlaydi.
Qizig'i shundaki, Meksika haligacha ochilish o'yinlarida g'alaba qozonmagan - 5 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. Endi esa ularda o'z muxlislari qarshisida bu noxush ananaga chek qo'yish imkoniyati bor.