Germaniya o'rtoqlik o'yinida JCH-2026 mezbonini mag'lub etdi
07.06.2026 01:40 Ўқилди: 3566
Unda Yevropa qitasi vakillarining g'alabasi kuzatildi. Uchrashuvda hisob 2-daqiqadayoq Kay Xavertc tomonidan ochildi. Antoni Robinson birinchi bo'limning o'zida hisobni tenglashtirgandi. Biroq ikkinchi bo'limda aynan Xavertcning pasidan keyin Leroy Sane yana bir bor Germaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o'yin yakunigacha saqlanib qoldi.