Devid Simen: "Ahlat jamoada Brununing ajralib turishi osonroq bo'ldi"
11.06.2026 20:16 Ўқилди: 235
31 yoshli portugaliyalik futbolchi muxlislar va ekspertlar ovoziga ko'ra mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb etirof etildi.
"Brunu yaxshi o'ynadi, ammo mavsum boshida “Manchester Yunayted” umuman yaxshi holatda emasdi. Jamoadagi boshqa futbolchilar ahlat bo'lsa, ajralib turish oson. O'sha paytda vaziyat aynan shunday edi.
Ammo Rayya, Rays va Gabriel misolida butun jamoa yaxshi o'ynaganiga qaramay, ular baribir ajralib tura olishdi. Bundan tashqari, ular yanada yuqori natija ko'rsatib, sovrin ham yutishdi. Meningcha, mavsumning eng yaxshi futbolchisi chempion yoki sovrin yutib olgan jamoadan bo'lishi kerak", - dedi Simen.