
Musobaqa oldidan OFK rasmiy sayti munadialda o'zini ko'rsatishi kutilayotgan 9 nafar osiyolik yulduzga to'xtaldi. Quvonarlisi, ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor.
Jekson Irvin (Avstraliya)
Jismonyi jihatdan etuk futbolchi Jekson Irvin Avstraliya terma jamoasining yetakchi o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Mavsumning asosiy qismini jarohatlar sabab o'tkazib yuborgan 33 yoshli yarim himoyachi hozir o'zini ancha yaxshi his qilmoqda. Undan "sokkeruzlar"ning umidi katta.
Avstraliya guruh o'yinlarini AQSH, Paragvay va Turkiyaga qarshi o'tkazadi.

Mehdi Taremi (Eron)
Bu Taremi uchun uchinchi mundial bo'ladi. Eron terma jamoasi ushbu Jahon chempionatida guruhdan chiqib uzoqroq borishni maqsad qilgan. 33 yoshli hujumchi saralash bosqichida 10ta gol urib, 7 ta golli to'p uzatishni amalga oshirdi.
Eron guruh o'yinlarini Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazadi.

Aymen Huseyn (Iroq)
Iroqlik futbolchi terma jamoa uchun muhim gollarni urish bilan tanilgan. Masalan, Aymen Huseyn JCH saralashning Xalqaro konfederatsiyalar pley-off bosqichida Boliviya bilan kechgan bahsda g'alaba to'pini kiritib, terma jamoasining mundialga chiqishini taminladi. Bungacha Iroq 1986 yilgi JCHda qatnashgandi. Saralash bahslarida 30 yoshli futbolchi 8 bor gol muallifi bo'ldi.
Iroq guruh uchrashuvlarini Fransiya, Senegal va Norvegiyaga qarshi o'tkazadi.

Takefusa Kubo (Yaponiya)
Ushbu mundialda Takefusa Kubo yaponlarning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishi ktuilmoqda. "Real Sosedad"ning 25 yoshli futbolchisi JCH saralash bosqichida 4ta gol, 8ta assist bilan o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Endilikda Kubo mundialda ham o'zini ko'rsatishi kerak bo'ladi. Terma jamoa bosh murabbiyi Xajime Moriyasu ushbu futbolchiga yuqori baho berib, u haqda iliq fikrlarni bildirdi.
Yaponiya guruh uchrashuvlarini Niderlandiya, Shvetsiya va Tunisga qarshi o'tkazadi.

Mousa Al Tamari (Iordaniya)
Jahon chempionatida debyut qiladigan Iordaniya terma jamoasini o'z elkasida ko'tarib yuradigan futbolchi deb aynan Al Tamarini ko'rsatsa bo'ladi. 28 yoshli hujumkor futbolchini bejizga "iordaniyalik Messi" deb atashmaydi. Unda dribling va tezlik juda yaxshi. Ushbu mavsumni Fransiyaning "Renn" klubi safida o'tkazgan Al Tamari o'z o'yini bilan tezda muxlislar ishonchini qozondi.
Iordaniya ushbu JCHda guruh bahslarini Argentina, Jazoir va Avstriyaga qarshi o'tkazadi.

Son Xyong Min (Janubiy Koreya)
Bu futbolchiga ortiqcha tarif berishning hojati bo'lmasa kerak. 33 yoshli Son Janubiy Koreya terma jamoasining yulduz futbolchisi hisoblanadi. Uning yetakchilik qobiliyatiga ham gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Uning hisobida terma jamoa uchun 56ta gol bor. Ushbu mavsumni "Los Anjeles" klubida o'tkazgan mohir yarim himoyachi allaqachon AQSH havosiga ko'nikib olgan. Son Xyong Min saralash bahslarida 10ta gol urib, 4ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Janubiy Koreya guruh uchrashuvlarini Chexiya, Meksika va JARga qarshi o'tkazadi.

Salim Al Dovsari (Saudiya Arabistoni)
Ushbu futbolchi Osiyoning oxirgi o'n yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. 34 yoshli Al Dovsari bungacha ikki bor Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan. Al Dovsari hozircha Jahon chempionatida uchta gol urgan, uning 2022 yil Argentina darvozasiga kiritgan to'pi yodingizda bo'lsa kerak. Ushbu saralash bosqichida esa uchta gol urib, bitta assist berdi.
Saudiya Arabistoni guruh uchrashuvlarini Ispaniya, Kabo Verde va Urugvayga qarshi o'tkazadi.

Akram Afif (Qatar)
Akram Afif Qatar terma jamoasining ijodkor futbolchisi hisoblanadi. U ikkinchi bor mundialda ishtirok etishga hozirlik ko'rmoqda. Afif maydonni ko'rish, qiyin vaziyatlardan jamoasini olib chiqib keta olishi bilan tanilgan. Saralash bahslarida u 4ta gol urib, 11ta golli uzatmani amalga oshirdi. E'tiborlisi, Akram Afif ham ikki bor Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan.
Qatar guruh o'yinlarini Kanada, Bosniya va Shveytsariyaga qarshi o'tkazadi.

Eldor Shomurodov (O'zbekiston)
Tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqqan O'zbekiston terma jamoasiga qiziqish katta. Jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Eldor Shomurodov ushbu mavsumni nihoyatda yaxshi o'tkazdi. U "Istanbul Bashakshehir" safida 34 o'yinda maydonga tushib, 22 gol va 5ta assist bilan "Oltin butsi" sovrinini qo'lga kiritdi. 31 yoshli hujumchi shu paytgacha terma jamoa uchun 44ta gol urib, bu borada yetakchi bo'lib turibdi. Eldor saralash o'yinlarida 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O'zbekiston Jahon chempionati guruh uchrashuvlarini Portugaliya, Kongo va Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi.

![]() | 08.06.2026 23:44 Ўқилди 25024 Eron terma jamoasi JCH–2026ga qurbonlar xotirasiga bag‘ishlangan nishonlar bilan yetib keldi |
![]() | 09.06.2026 00:24 Ўқилди 13194 Tijani Reynders: "O'zbekistonga qarshi o'yin muhim ahamiyat kasb etadi" |
![]() | 03.06.2026 00:48 Ўқилди 8452 Norvegiya Trampga "Tinchlik mukofoti" topshirilgani yuzasidan shikoyat qildi |
![]() | 10.06.2026 00:11 Ўқилди 5845 O‘zbekiston milliy jamoasi Atlantadagi JCH bazasiga yo‘l oldi |
![]() | 02.06.2026 06:33 Ўқилди 5165 Anchelotti: «Bizda Pele yo‘q» |
![]() | 02.06.2026 07:22 Ўқилди 4723 O‘rtoqlik uchrashuvi. Guruhdoshimiz Kolumbiya Kosta-Rikani mag‘lub etdi |
![]() | 06.06.2026 00:56 Ўқилди 4571 A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi |
![]() | 02.06.2026 05:16 Ўқилди 4216 O'rtoqlik uchrashuvi. Kanada - O'zbekiston. Asosiy tarkibimiz ma'lum |
![]() | 04.06.2026 01:55 Ўқилди 3837 JCHdagi guruhdoshimiz Daniya bilan sinov o‘yinini o‘tkazdi |
![]() | 07.06.2026 01:40 Ўқилди 3602 Germaniya o'rtoqlik o'yinida JCH-2026 mezbonini mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида