
- O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- O'yin chiroyli bo'ldi. Ikkala jamoa ham yosh va maydonda chinakam futbol o'ynadi, deb o'ylayman. Biz 70-daqiqagacha juda zo'r o'ynadik. Biroq keyin bitta vaziyatda koncentraciyani yo'qotib qo'ydik-da, gol qo'yib yubordik. Shundan so'ng yigitlar o'zlariga kela olishmadi. Har doimgidek, yana hujumga o'tamiz deb, qarshi hujumda to'p o'tkazib yuboryapmiz.
- Bugungi o'yindagi hakamlik borasida nima deya olasiz?
- Aslida hakamlar haqida gapirmoqchi emasdim-u, lekin oxiri gapirib yuboraman endi. To'g'risini aytsam, bugun yaqqol jarima maydonchasi ichida to'p qo'l bilan o'ynaldi, ammo penalti berishmadi. Nechta o'yindan beri hakamlar bizga qarshi chiqmoqda, to'g'risi. O'zi gapirishni unchalik yoqtirmayman, lekin aytyapman-da. Birinchi o'yinda "FarDU" bilan yo'q joydan penalti berildi, o'tgan o'yinda esa qizil kartochka berilishi kerak bo'lgan vaziyatda berishmadi. Hakamlar bizga qarshi nimadir qilyapti baribir.
- "Paxtakor" farm jamoasining ko'plab futbolchilari "Paxtakor"ning o'rinbosarlar tarkibiga jalb qilinishi natijalarga qay darajada ta’sir qildi?
- Ha, bu holat natijalarimizga juda katta ta’sir qilyapti, to'g'risini aytsam. Hozir bizda zaxiradan o'yinni kuchaytirish uchun tushiradigan o'yinchilar yetishmayati. Amallab, harakat qilib o'ynayapmiz. Agar o'rinbosarlar tarkibidagi o'sha o'yinchilarimiz hozir jamoada bo'lganida, biz bemalol o'ynardik, hatto oldimizga katta vazifalarni ham qo'ysak bo'lar edi.
Hozirgi bor yigitlar bilan yaxshi o'ynashga harakat qilyapmiz, hatto istalgan jamoaga qarshi 70 daqiqa juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqdamiz. Agar o'sha ketgan 6 ta asosiy o'yinchimiz tarkibda bo'lganida, bemalol har qanday vazifani bajara olardik.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191529 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112376 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104271 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62527 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41644 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 12.07.2026 01:48 Ўқилди 30648 JCH-2026. Norvegiya - Angliya (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25674 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25619 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21874 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 11.07.2026 01:24 Ўқилди 21397 Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi |
Реклама
Сайт хақида