"Tottenxem" argentinalik himoyachi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
29.05.2026 18:48 Ўқилди: 282
Manbaga ko'ra, 29 yoshli argentinalik bilan shartnoma shartlari kelishib olingan, faqat yakuniy rasmiyatchiliklar qolgan. London klubi bu kelishuv bo'yicha "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ni ortda qoldirgan.
Senesi 2025/26 yilgi mavsum 39 o'yinda qatnashib, 5 ta golli pas uzatgan. Transfermarkt uning qiymatini 22 million evroga baholamoqda.
Avvalroq o'yinchi "Feyenoord" va "San Lorenso" jamoalarida harakat qilgan.
Eslatib o'tamiz, Senesi Argentinaning JCH uchun 26 kishilik ro'yxatiga kira olmagan.