Manbaning so'zlariga ko'ra, 20 yoshli shvetsiyalik futbolchi Kataloniya jamoasida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi va transfer bo'lishga tayyor. Biroq u doimiy transfer o'rniga ijara variantida qatiy turib oladi.
Ayni paytda "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Barjiga yozda ketishi mumkinligini takidlagan.
Barji kataloniyaliklar tarkibida 2025 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Vinger 2025/26 yilgi mavsum 28 o'yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uni 15 million evroga baholagan.