Meksika Prezidenti: "AQSH Eron terma jamoasi o'z hududida bo'lishini istamadi, shu sababli eronliklar bizga murojaat qilishdi"
25.05.2026 22:00 Ўқилди: 114
Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj jamoaning mashg'ulotlar bazasi AQSHdan Meksikaga ko'chirilganini ma'lum qilgan edi. "Amerika Qo'shma Shtatlari Eron jamoasi o'z hududida bo'lishini xohlamadi. Shundan so'ng ular [Eron] bizga: 'Meksikada baza tashkil qilsak bo'ladimi?' deb so'rashdi, biz esa: 'Ha, hech qanday muammo yo'q', deya javob qaytardik", - dedi Meksika Prezidenti. Eslatib o'tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.