Anchelotti: «Ishoning, men Joao Pedro uchun afsusdaman»
19.05.2026 08:22 Ўқилди: 16
«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro Braziliya terma jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmadi. «Selesao» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z qarori yuzasidan izoh berdi.
«Yakuniy tarkibga kirmay qolgan futbolchilar uchun juda afsusdaman. Bundan chin dildan xafaman. Andrey Santos, Joao Pedro... Ularda kelajakda imkoniyatlar bo‘ladi. Ishoning, Joao Pedro uchun ko‘nglim og‘riyapti. Bunday mavsumdan keyin u, ehtimol, jahon chempionatiga borishga loyiq edi. Biroq, barcha hurmatni saqlagan holda va yuqori raqobatni inobatga olib, biz bu pozisiyaga boshqa o‘yinchilarni tanladik. Ammo Joao Pedro uchun haqiqatan ham afsusdaman», — dedi Anchelotti jurnalistlarga.