Tunis terma jamoasi futbolchisi jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi
19.05.2026 08:00 Ўқилди: 57
Ko‘plab futbolchilar uchun jahon chempionatida qatnashish orzu bo‘lsa-da, buning aksi bo‘lgan misollar ham bor. Masalan, tunislik futbolchi Ben Farhat milliy terma jamoa ustozi Sabri Lyamushidan taklif olganiga qaramay, bosh murabbiyga rad javobini berdi.
Bundan tashqari, u bu ishni shunday tarzda amalga oshirdiki, ehtimol, Lyamushi endi Germaniyaning «Karlsrue» klubi o‘yinchisini boshqa umuman chaqirmasligi mumkin. Farhatning otasi murabbiyga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li bunday mas’uliyatli turnirda ishtirok etish uchun o‘zini hali juda yosh deb hisoblashini va taklifni rad etishini aytgan.
Futbolchining o‘zi Lyamushining qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan, murabbiy esa buni hurmatsizlik deb baholagan va bu haqda Tunis matbuotiga ma’lum qilgan.