
Bunda "Qizilqum" bosh murabbiyi Akmal Rustamov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin yaxshi holat bilan boshlanmadi. O'zi shundoq ham olti nafar futbolchimiz jarohat sabab safdan chiqqan. Norxonov bilan jarohat olganlar ettita bo'ldi. Uning oyog'i singani yaxshi bo'lmadi. Hujumchimizga sog'lik tilab qolamiz. O'yinga keladigan bo'lsak, yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. "Bunyodkor" o'z vaziyatlaridan foydalandi, biz to'rt bor to'p kiritishga yaqin keldik. Afsuski, ikkita bir xil tarkibga ega emasmiz. Asosiy futbolchilarimizning jarohat olishi baribir ta’sir qilyapti. Yoshlarimizda harakat bor, faqat tajriba kam. Yoshlar ham bor kuch bilan harakat qilyapti, faqat futbolda klass baribir bilinib qoladi va farq qiladi. Ikkinchi davrada hamma sog'ayib safimizga qaytsa, ishimiz oldinga siljiydi deb o'ylayman.
- Jamoangizda shundoq ham hujumchilar kam. Mana endi Norxonov ham jarohat oldi. Buyog'iga muammoni qanday hal qilmoqchisiz?
- Kubokda yana bitta o'yinimiz qoldi. Shundan so'ng tatilga chiqamiz va hujumchi qidirishni boshlaymiz. Jamoamizga yangi "qon" kerak. Tartib-intizom bilan raqobat ham o'z o'rnida bo'lishi kerak. Ikkinchi davrada kuchayamiz va hammasi yaxshi bo'ladi. O'tgan yil mavsumni 9-o'rinda tugatgandik. Bu yil yuqoriroq o'rinlarni xohlaymiz. Buning uchun yaxshi futbolchilarni topamiz va yuqoriga harakat qilamiz.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47114 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 10.05.2026 01:56 Ўқилди 6516 A Seriya. “Inter” va “Yuventus”da mehmonda g'alaba |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6215 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4737 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 3980 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3598 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 10.05.2026 09:08 Ўқилди 3165 Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? |
![]() | 10.05.2026 23:56 Ўқилди 3105 LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 09.05.2026 01:32 Ўқилди 3004 Bundesliga. "Borussiya" D g'alabaga erishib, liga kumush medallariga ega chiqdi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 2964 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
Реклама
Сайт хақида