
Bunda "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun juda yaxshi shakllangan jamoaga qarshi o'yinimizni o'tkazdik. Uchrashuv qay darajada muhimligini barchamiz bilardik. Bolalarcha xatoga yo'l qo'yib gol o'tkazdik. Umuman tushunarsiz holat bo'ldi. Raqibning kuchli tomonlarini aytib o'tgandik, lekin baribir xato bo'ldi. Ikkinchi taymda ham bemalol maydonga chiqdik. Ikkinchi golni yana xato tufayli o'tkazdik. Keyin standart vaziyatdan hisobni tenglashtirdik. Hisob 2:2 payti o'yinni o'z qo'limizga olishimiz kerak edi. Uchinchi gol bizni yanada noqulay ahvolga solib qo'ydi. Hech bo'lmaganda durang qayd etsak bo'lardi, lekin sovuqqonlik yetishmadi. Raqib bizning xatolardan unumli foydalandi. OKMK juda aqlli va ayyor jamoa, futbol o'ynashni biladi.
- Uchala gol ham darvozabon to'pni qaytarganidan so'ng takroriy zarba orqali kiritildi. Rustam Nartajievning o'yinini qanday baholaysiz?
- Aytib o'tganimdek, o'zimiz xatoga yo'l qo'ydik. Yangi qoidalarni bilamiz, mavsum avvalida hakamlar bizga tushuntirgan. Nartajievga kelsak, mavsum boshidan beri ko'p o'yinlarda asosiy darvozabon bo'lib o'ynadi. U gol o'tkazmagan o'yinlar ham bo'ldi. Unga ham rahmat aytish kerak. Bugun shunchaki omad kelmadi. Raqib o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalandi. Mashg'ulotlarda yaxshi ishlagandik, hammasi yaxshi tugaydi deb o'ylagandik. Biz murabbiylar maydon chetida turib ko'rsatma beramiz. Lekin futbolchilar xayolida nima ekanini bilmaymiz. Yotib olgandan, vaqt cho'zgandan, simulyaciya ishlatgandan foyda yo'q. Bu yordam bermaydi.

- "Bunyodkor" bilan bahsda Azizxon Isoqov darvozada yaxshi turgandi. Lekin oxirgi ikki bahsda zaxirada qoldi.
- Shundan keyin Nukusga bordik va Kubok o'yinida Rustam nolga turdi. Aziz oddiy bo'lmagan vaziyatni boshdan kechiryapti va uni juda yaxshi tushunaman. Jamoa ichidagi sirni olib chiqishga haqqim yo'q. Meni to'g'ri tushunganingiz uchun rahmat. Bugun unchalik qiyin bo'lmadi, Nukusda bundan 10 marta qiyin bo'lgandi. Televizor orqali futbol ko'rish boshqa, stadionda ko'rish boshqa. Nartajiev Nukusda juda murakkab bahsni o'tkazdi.
Bugun zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olmadi. Men futbolchi almashtirishda adashdim demoqchi emasman. Shunchaki maydonga tushganlar o'z o'yinlarini ko'rsata olmadi. Keyingi bahs biz uchun nihoyatda muhim bo'ladi. Shartnomaga qo'l qo'ydim buyog'i maza bo'ladi deb o'ylash kerak emas. Har kuni ishlash kerak. Kim o'yinga qanday munosabatda bo'lsa, shunday javobni oladi. Yana qaytarib o'taman, bugungi mag'lubiyatga faqat darvozabon aybdor emas.
- Keyingi bahs "Metallurg" bilan bo'ladi. Jamoangiz Proliga klubini mag'lub eta oladimi?
- Biz har bir uchrashuvga g'alaba uchun chiqamiz. Men hech qachon durang uchun o'ynaymiz demaganman. Kubok shunaqa musobaqaki, har o'yinda jang kechadi. Quyi liga jamoalari ham o'zini ko'rsatgisi keladi. Biz ham boshqa guruhlardagi natijalarni kuzatib boryapmiz, sensaciyalar bo'lyapti. Demak, Kubok juda yaxshi ketyapti. Bugun yigitlarga yaxshi o'ynaylik, uch ochko olaylik deb aytdik. Endi Bekobodda "Metallurg" bilan juda muhim bahs kechadi. Raqib safida tajribali o'yinchilar bor. Biz faqat g'alaba uchun boramiz. Maydonga chiqib futbol o'ynash kerak, klub shani uchun kurashish kerak. Bu vatanparvarlik ruhidagi katta gaplar emas, bu oddiy so'zlar. Tayyorgarlik ko'ramiz, hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Biz hech narsani o'ylamaymiz va maydonga chiqib kurash olib boramiz. Hakam hushtak chaldimi, hamma narsani unutib o'yinga borini berish kerak.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47090 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 10.05.2026 01:56 Ўқилди 6486 A Seriya. “Inter” va “Yuventus”da mehmonda g'alaba |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6197 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4716 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 3965 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3589 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 10.05.2026 09:08 Ўқилди 3162 Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? |
![]() | 10.05.2026 23:56 Ўқилди 3099 LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.05.2026 02:44 Ўқилди 3009 Eron FIFA oldiga qat’iy shartlar qo‘ydi |
![]() | 09.05.2026 01:32 Ўқилди 3001 Bundesliga. "Borussiya" D g'alabaga erishib, liga kumush medallariga ega chiqdi |
Реклама
Сайт хақида