Mourinyu "Real"ni bosh murabbiyi bo'lsa, MYUdagi sobiq shogirdini olib kelmoqchi
16.05.2026 09:32 Ўқилди: 350
Bu haqda Futbol365 jurnalisti Migel Delaniga tayanib xabar bermoqda. Joriy mavsumda "Barselona" vingerni "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan.
"Mourinyuda Reshford bilan allaqachon yaxshi munosabatlar o'rnatilgan. Uning ikki sababga ko'ra buni qilishni istashi bordek. Birinchidan, o'zi yaxshi taniydigan yaxshi o'yinchini olish uchun. Ikkinchidan, portugaliyalik murabbiy "Barselona"ga muammo yaratishni istamoqda", - deb yozgan Delani.
Mourinyu 2016–2018 yillarda "Manchester Yunayted"da Reshford bilan ishlagan.