
- O'yin haqida fikringiz?
- Raqib jamoa birinchi bo'limda yaxshi harakat qilib gol urdi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, lekin "BuxDU" darvozaboni o'z o'rnida yaxshi harakat qildi. Ikkinchi taymda o'zgarishlarni amalga oshirdik va bu o'zgarishlar o'z samarasini berdi. Bir nechta imkoniyatning faqat bittasidan foydalanib to'p kiritishga erishdik. Safarda bir ochkoni qo'lga kiritdik.
- Jamoangiz etti turda 8ta gol o'tkazdi. Bunga munosabatingiz?
- Dastlabki ikki uchrashuvda nolga o'ynadik. Lekin shundan keyin gol o'tkazishni boshladik. Gol uryapmiz va o'tkazyapmiz. Xatolar ustida ish olib boramiz. Nasib qilsa kamchiliklar barham topadi. Endi futbol shunaqa, kutilmaganda gollar o'tkazib yuboryapmiz.
- O'yinning qayi jihatlaridan qoniqmadingiz?
- To'g'risi, bu erga g'alaba uchun kelgandik. Endi baribir o'yinda asabiylashish bo'ladi. Anyiqsa nimadir o'xshamasa ko'proq asabiylashasiz. Chetdan sizda boshqacha ko'ringan bo'lishi mumkin, lekin futbolchilarimiz borini berib o'ynashdi. Uch ochkoni juda xohlagandik. Shodiyor Hojimatovning zarbasini darvozabon qaytardi, Nodir Karimov tepgan to'pni ham darvozabon olib chiqdi. Raqib posboni o'yinni yaxshi o'tkazdi. Yigitlarimiz mehnat qilmoqda, har bir o'yinga maksimal kuch beryapmiz. Nasib qilsa tez orada yana g'alaba qozonishni boshlaymiz.
- Birinchi taymda nima maqsad qilingan edi va ikkinchi bo'limda nimalarni o'zgartira oldingiz?
- Har ikkala taymda maqsadimiz g'alaba qozonish edi.
- O'yin vaqti 17:00ga belgilandi. Futbolchilar shu vaqtda o'ynashga ko'nikib bo'ldimi?
- Biz odatda o'yin vaqtiga moslab mashg'ulot olib boramiz. Kun uzaygani sari o'yin vaqti ham kechroq bo'ladi. Bu borada hech qanday etirozimiz yo'q. Chunki raqibimiz ham biz kabi shu vaqtda o'ynayapti.
- Darvozabonlar o'rtasidagi raqobat haqida to'xtalib o'tsangiz.
- Dastlabki turlarda jamoamiz darvozasini Javohir Maqsudov qo'riqladi. "Aral" bilan o'yindan so'ng Rasul Abdumo'minovga imkon berdik. Shundan beri shu darvozabonimiz asosiy tarkibda o'ynab kelyapti.
- Maydon holati bo'yicha fikringiz.
- Maydon holati ideal. Faqat maza qilib futbol o'ynash kerak. Superliga klubi uy uchrashuvlarini o'tkazgan stadion bemalol talabga javob beradi.
![]() | 05.05.2026 23:56 Ўқилди 17180 LIVE. YCHL. "Arsenal" - "Atletiko Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 07.05.2026 00:08 Ўқилди 7761 LIVE. YCHL. "Bavariya" – PSJ 0:1 (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.04.2026 01:48 Ўқилди 4449 A Seriya. "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi |
![]() | 30.04.2026 00:16 Ўқилди 4320 Toni Kroos "Real"ga qaytmoqda? Klub afsonaga muhim lavozim tayyorlab qo'ygan |
![]() | 07.05.2026 00:32 Ўқилди 4228 "FarDU" bosh murabbiyi Shavkat Yusupov: "Raqib posboni o'yinni yaxshi o'tkazdi" |
![]() | 29.04.2026 00:32 Ўқилди 4179 Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi |
![]() | 29.04.2026 01:16 Ўқилди 3606 Ulug'bek Bakaev: "Hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi" |
![]() | 28.04.2026 23:56 Ўқилди 3476 "Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum |
![]() | 03.05.2026 20:24 Ўқилди 3409 Fergyuson "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin "Old Trafford"dan kasalxonaga olib ketildi |
![]() | 29.04.2026 00:16 Ўқилди 3370 Superliga. “So'g'diyona” – “Surxon” 5:2 |
Реклама
Сайт хақида