U-17 Osiyo kubogi. Bugun yarim final yo'llanmasi uchun kurashamiz
16.05.2026 07:24 Ўқилди: 205
Sergey Chigodaev boshchiligidagi o'smirlarimiz bugun chorak finalda Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 16-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da “King Abdullah Sports City” maydonida start oladi.
Agar o'smirlarimiz chorak finalda g'alaba qozonsa, yarim finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. O'z o'rnida, yaponiyaliklar chorak finalda Tokikiston U-17 terma jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etdi.