
"Juda jiddiy raqib edi. "Lochin" bizni 0:2 hisobida mag'lub etgandi. Mashg'ulotlarda "Lochin"ni nimaning hisobiga mag'lub etishimiz mumkinligi tushuntirildi. Shukr, bugun g'alaba qozondik. Rahbariyat guruhdan chiqish vazifasini qo'ygandi. Vazifa esa bajarildi. Yigitlarga rahmat", - dedi Zayniddin Tojiev.
- Ikkinchi bo'limning yarmidan so'ng jamoangiz hujumga o'tmay qo'ydi. Bunga nima sabab bo'ldi? Futbolchilar charchab qoldimi yoki siz shunday ko'rsatma berdingizmi?
- Hohlaymizmi yo'qmi, charchoq seziladi. Yigitlar har 3-4 kunda o'yin o'tkazishmoqda. Ular hali yosh. Bunday taqvimda o'ynashmagan. Bu tabiiy hol. Kimdir kichik jarohat olyapti. Ertaga shu masalani rahbariyat bilan muhokama qilmoqchimiz. Charchoq bor. Asosiy tarkibning 11 nafar a'zosi va zaxiradan o'yinga qo'shiladigan yana 3ta futbolchi eng katta "nagruzka"ni olmoqda. O'yini "quritish" degan narsa yo'q edi, yigitlar o'yindan kelib chiqib shunday qaror qilishdi.
- Jamoangiz guruhdan chiqib bo'ldi. Uchinchi turda rotaciya qilasizmi?
- Rotaciya qilishga harakat qilamiz. Lekin reja bo'yicha ish tutamiz.
- "Dinamo"ga qarshi g'alaba klub tarixidagi eng yorqin g'alaba desak bo'ladimi?
- Bo'ladi. "Dinamo" Superliga jamoasi va o'tgan mavsum medallar uchun kurashdi. Jamoa o'tgan mavsumdagidek o'ynamoqda. Yomg'ir tufayli o'yin ko'proq kurashlarga bog'liq bo'ldi. Kurashlarda raqibga engilmadik. Uchta imkoniyatimiz bor edi va ulardan to'g'ri foydalanib ketdik. Boshqa o'yinlarda vaziyatlarimiz ko'proq bo'ldi, ammo gol ura olmadik. Samarqanddagi uchrashuvda esa omadimiz keldi va barcha imkoniyatlarimizdan foydalandik. Yigitlar tengma-teng kurashishdi. Futbolchilarimizning potenciali yuqori. Keyingi mavsumlarda Superliga jamoalariga raqobatbardosh bo'lishadi.
- Pley-off bosqichida Superliga jamoalariga qarshi bosimsiz o'ynaysizlarmi? Ahir, dastlabki vazifa bajarildi va Superliga klubi mag'lub etildi.
- Vazifani bajardik. Biz buni uddaladik, endi o'zimizga bo'lgan ishonch yanada oshadi. Yigitlar o'ziga ishonishi, juda muhim. Ularda potencial yuqori, faqat o'ziga ishonishi kerak. Xatolarni mashg'ulotlarda to'g'rilay olamiz.
- Hamma baribir pulga qiziqadi. "G'azalkent" guruhdan chiqqani uchun mukofot pullari beriladimi?
- Yo'q. Bizda umuman mukofot puli yo'q. Bizning maqsadimiz yigitlarni rivojlantirish. Klubdagi barcha pullar yigitlarni o'stirishga sarflanadi. Vitaminizaciya, sharoit va boshqa narsalarga. Hozirgi sharoitlar Superliga klublarining ko'pidan yaxshiroq. Men ham ko'p klublarda o'ynaganman, ammo men to'p tepgan davrda bunday sharoitlar yo'q edi.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47069 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 07.05.2026 00:08 Ўқилди 8097 LIVE. YCHL. "Bavariya" – PSJ 0:1 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.05.2026 01:56 Ўқилди 6465 A Seriya. “Inter” va “Yuventus”da mehmonda g'alaba |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6170 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 07.05.2026 00:32 Ўқилди 4417 "FarDU" bosh murabbiyi Shavkat Yusupov: "Raqib posboni o'yinni yaxshi o'tkazdi" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 3938 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3580 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 07.05.2026 00:56 Ўқилди 3284 "Barselona" "Bornmut" hujumchisining kutilmagan transferini tayyorlamoqda |
![]() | 07.05.2026 00:00 Ўқилди 3245 YCHL. "Bavariya" – PSJ 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.05.2026 09:08 Ўқилди 3153 Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? |
Реклама
Сайт хақида