Eldor Moyliev: "G'azalkent" "Dinamo"ni yutdi, biz "G'azalkentni yutgandik. "Lokomotiv"ni ham mag'lub etdik"
16.05.2026 00:56 Ўқилди: 809
"Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkinchi taym esa teng kurashlar ostida kechdi. Vaziyatlar yarata oldik. Afsuski, diqqatni yo'qotib, gol o'tkazib yubordik. Futbolchilarda charchoq alomatlari ham sezildi. So'nggi vaqtlarda har 4-5 kunda o'yin o'tkazyapmiz. Birinchi bo'lib gol uradigan jamoa yutib ketadigan o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limdagi vaziyatlarimizdan foydalana olmadik", - dedi Eldor Moyliev.
- "Lochin" Kubok bahslarida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan? - Yigitlar ishtiyoq bilan o'ynadi. Bugun biroz kuch yetishmagandek. Agar jamoamizdagi futbolchilar Superliga klublarida to'p tepishni istasa, Kubok bahslarida o'zini ko'rsatishlari kerak. Kubokda qancha uzoqroqqa borsak, shuncha ko'p ko'zga tashlanamiz. Maqsad guruhdan chiqish, hali imkoniyatimiz bor-ku.
- Pro Ligadagi o'yinda "Lochin" ancha dadil o'yin namoyish etgandi. Bugun nega bunday futbol ko'rmadik? Charchoq yagona sababmi? - Charchoq sezildi. Futbolchilarimiz og'ir harakat qildi.
- Yozgi tanaffusda jamoa tarkibi kuchaytiriladimi? - Kuzatib borayotgan ikkita o'yinchimiz bor. Bo'sh nuqtalarni kuchaytiramiz.
- Uchinchi turda yana Superliga a'zosiga qarshi o'ynaysizlar... - Imkoniyat bor. Har qanday raqibga qarshi o'ynasa bo'ladi. "G'azalkent" "Dinamo"ni yutdi. Biz Pro Ligada "G'azalkent"ni yutgandik. O'tgan turda "Lokomotiv"ni taslim etdik. Agar xohish bo'lsa, o'ynasa bo'ladi. G'alaba qozonib, guruhdan chiqishni ko'zlayapmiz.