Noyer Germaniyaning JCH uchun kengaytirilgan qaydnomasiga kiritildi
15.05.2026 13:24 Ўқилди: 582
Manbaning ma'lumotlariga qaraganda, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 40 yoshli darvozabonni 55 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxatga kiritgan. Ro'yxatda 5 nafar darvozabon borligi aytilmoqda.
Noyer 2024 yilning avgust oyida milliy terma jamoadan ketganini e'lon qilgandi. Darvozabon ushbu mavsum barcha musobaqalarda 36 o'yinda qatnashib, 11 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
"Nemis mashinasi" mundial "E" guruhida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador bilan ro'baro' keladi.