Kroos "Real"ning 2 mavsum sovrinsiz qolishi qabul qilib bo'lmaydigan holatligini aytdi
14.05.2026 13:48 Ўқилди: 90
10 may kuni madridliklar La Liga 35-turida "Barselona"ga 0:2 hisobida yutqazib, "ko'k-anorranglilar"ga muddatidan oldin chempionlikni topshirib qo'ydi.
"2 mavsumni g'alabasiz o'tkazish - "Real" uchun qabul qilib bo'lmaydigan holat, nuqta. Maydondagi natija ichki dinamikaning sustligi natijasi edi. Ular "Klasiko"da g'alaba qozonishga harakat qilgandir, biroq bu etarli emasdi. Mag'lubiyat oldindan aytib bo'lingandi. Ikkinchi bo'lim tengroq o'tdi, ammo ular gol ura olmadi. Umuman olganda, "Barsa"ni tabriklayman", – dedi Kroos o'zining YouTube kanalida.
"Real" 2024 yilning dekabridan beri sovrin qo'lga kiritolmayapti.