Malayziyaning «Johor» klubi o‘z ichki chempionatida mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha jahon rekordini yangilashga yaqin turibdi. Jamoaning mahalliy birinchilikdagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 108 taga yetdi.
«Johor» so‘nggi bor Malayziya chempionatida bundan besh yil avval — 2021 yilning aprel oyida imkoniyatni boy bergan edi. Shu tariqa, klub Kot-d'Ivuarning «Mimozas» jamoasi tomonidan 1989–1994 yillar oralig‘ida o‘rnatilgan jahon rekordini takrorladi.
Yangi mutlaq rekord o‘rnatish uchun malayziyaliklar yana bir necha oy kutishlariga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, Malayziyada joriy mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. «Johor» mavsumning so‘nggi turida «kelajakdagi rekordchi» sifatida raqibi ustidan 14:1 hisobida zafar quchib, muxlislarini hayratda qoldirdi.
Endilikda jamoa yangi mavsumning ilk turida mag‘lub bo‘lmasa, futbol tarixidagi eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyaning yagona muallifiga aylanadi.