
Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, Pro liga, U-21 hamda U-19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.
Superliga
“Neftchi” – “Qo'qon-1912”
Superliga 10-turi doirasidagi “Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 43-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Javohir Sidiqov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining bel qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Javohir Sidiqovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Qizilqum” – “Xorazm”
Superliga 10-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Xorazm” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 66-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Yanis Leri to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Yanis Leriga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Mashal” – “Buxoro”
Superliga 10-turi doirasidagi “Mashal” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Abdul Rashid Abubakr to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Abdul Rashid Abubakrga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mashal” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 52-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi “Mashal” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 75-daqiqasida Buxoro futbol klubi futbolchisi Asadbek Jo'raboev to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Asadbek Jo'raboevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Xorazm” – “Neftchi”
Superliga 9-turi doirasidagi “Xorazm” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Po'latov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Po'latovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Nasaf” - “Navbahor”
Superliga 11-turi doirasidagi “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra stadionda o'ranatilgan tablo talab darajada ishlamaganligi, uchrashuvdan so'ng kiyinish xonasida issiq suv hamda svet bo'lmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Superliga 6-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, Superliga Reglamentining 15.30-bandiga asosan, “Navbahor” futbol klubi vakili Abdurauf G'ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan bo'lsada, zaxira o'rindig'iga o'tirib olgani va uchrashuv komissari tomonidan texnik hududdan chiqarib yuborilgani aniqlandi.
Superliga 11-turi doirasidagi “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 73-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Bobir Abduxoliqov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Bobir Abdixoliqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Navbahor” – “So'g'diyona”
Superliga 10-turi doirasidagi “Navbahor” – “So'g'diyona” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv komissari xonasida internet bo'yicha muammolar vujudga kelganligi, uchrashuvdan oldin, yani klub avtobuslari stadionga yetib kelganda begona shaxslar bemalol harakatlanib klub vakillariga stadionga kirishiga noqulayliklar vujudga keltirganligi, uchrashuv tugagandan so'ng texnik hududda begona shahslar erkin harakat qilib yurgani hamda Navbahor futbol klubi sobiq vice-prezidenti Otabek Samatov hakamlar xonasiga kirishga urinib, ularga nisbatan haqoratli so'z ishlatgani holatlari aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 69, 73, 77-moddalariga asosan “Navbahor” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Buxoro” – “So'g'diyona”
Superliga 11-turi doirasidagi “Buxoro” – “So'g'diyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 62-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Kirill Todorov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Kirill Todorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Lokomotiv” – “Qizilqum”
Superliga 11-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Oleg Zoteev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Oleg Zoteevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
“Neftchi” – “Qo'qon-1912”
Superliga 10-turi doirasidagi “Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 55-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Andijon” – “Dinamo”
Superliga 10-turi doirasidagi “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 74-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Edem Nemanov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Edem Nemanovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor”
Superliga 11-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 86-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Dmitri Pletnyov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Dmitriy Pletnyovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 11-turi doirasidagi Qo'qon-1912 – Bunyodkor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida Qo'qon-1912 futbol klubi futbolchisi Iqboljon Malikjonov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Qo'qon-1912 futbol klubi futbolchisi Iqboljon Malikjonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Nasaf - Paxtakor
Superliga 10-turi doirasidagi Paxtakor – Nasaf uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 32-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Go'lib G'aybullaev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Nasaf futbol klubi futbolchisi G'olib G'aybullaevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Bunyodkor - Navbahor
Superliga Superliganing 10-turi doirasidagi Bunyodkor – Navbahor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 26-daqiqasida Bunyodkor futbol klubi futbolchisi Azizbek To'lqunbekov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Bunyodkor futbol klubi futbolchisi Azizbek To'lqunbekovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi Bunyodkor – Navbahor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 82-daqiqasida Bunyodkor futbol klubi futbolchisi Federiko Botti o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Bunyodkor futbol klubi futbolchisi Federiko Bottiga nisbatan jarima intizomiy jazosi chorasi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi Bunyodkor – Navbahor uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida Bunyodkor futbol klubi futbolchisi Marko Bugarin o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Bunyodkor futbol klubi futbolchisi Marko Bugaringa nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
Qizilqum – Qo'qon-1912
Superliga 9-turi doirasidagi Qizilqum – Qo'qon-1912 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 17-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullaev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullaevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 9-turi doirasidagi Qizilqum – Qo'qon-1912 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi Farhod Rahmatov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Qizilqum futbol klubi futbolchisi Farhod Rahmatovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
OKMK – Neftchi
Superliga 11-turi doirasidagi OKMK – Neftchi uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Vladimir Yovovich hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Neftchi futbol klubi futbolchisi Vladimir Yovovichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
OKMK – Lokomotiv
Superliga 10-turi doirasidagi OKMK – Lokomotiv uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 14-daqiqasida Lokomotiv futbol klubi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Lokomotiv futbol klubi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi OKMK – Lokomotiv uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Saidavzalxon Ahrorov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Saidavzalxon Ahrorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliga
FarDU – Respublika FA
Proliganing 6-turi doirasidagi FarDU – Respublika FA uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 62-daqiqasida Respublika FA futbol klubi futbolchisi Behruzjon Kupaysinov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Respublika FA futbol klubi futbolchisi Behruzjon Kupaysinovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliga 6-turi doirasidagi FarDu – Respublika FA uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida FarDU futbol klubi futbolchisi Shodiyor Xojimatov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan FarDU futbol klubi futbolchisi Shodiyor Xojimatovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Yaypan – G'azalkent
Proliga 6-turi doirasidagi Yaypan – G'azakent uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida Yaypan futbol klubi futbolchisi Mirshavkat Miryoqubov hakamining shaniga nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan Yaypan futbol klubi futbolchisi Mirshavkat Miryoqubovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Proliga 6-turi doirasidagi Yaypan – G'azakent uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlangandan so'ng Yaypan futbol klubi rasmiylari bosh murrabbiy Rashid Gofurov, yordamchi murabbiy Xurshidbek Asqaraliev, shifokor Mashxurbek Muhammadjonov, uqalovchi Adhamjon Sotiboldiev hamda mamur Islomjon Oxunjonovlar uchrashuv hakamiga nisbatan tajovuzkor harakat qilganligi hamda Yaypan futbol klubi muhlislari ommaviy ravishda maydonga yugurib chiqqani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan Yaypan futbol klubi rasmiylari, murrabbiy Rashid Gofurov, Xurshidbek Asqaraliev, Mashxurbek Muhammadjonov, Adhamjon Sotiboldiev hamda Islomjon Oxunjonovlarning har biriga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 69-moddasiga asosan Yaypan futbol klubiga kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning 1-8 hamda CIP sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llansin.
Lochin – Aral
Proliga 6-turi doirasidagi Lochin – Aral uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 85-daqiqasida Aral futbol klubi futbolchisi Javohir O'tamurodov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Aral futbol klubi futbolchisi Javohir O'tamurodovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Olimpik-MobiUz – Kattaqo'rg'on
Proliga 7-turi doirasidagi MobiUz – Kattaqo'rg'on uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 41-daqiqasida MobiUZ futbol klubi bosh murabbiyi Farhod Nishonov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan MobiUz futbol klubi bosh murabbiyi Farhod Nishonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
U-21 chempionati
Surxon U-21 – Paxtakor U-21
U-21 chempionatining 11-turi doirasidagi Surxon U21 – Paxtakor U21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida Paxtakor U21 futbol klubi futbolchisi Muhammad Bobur Karimov to'psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan Paxtakor U21 futbol klubi futbolchisi Muhammad Bobur Karimovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi Surxon U21 – Paxtakor U21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra Surxon U21 futbol klubi futbolchisi Mardonbek Abduraimov uchrashuv yakunlangandan so'ng kiyim almashtirish xonasiga ketayotgan vaqtda bosh hakam shaniga namoyishkorona tarzda haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan Surxon U21 futbol klubi futbolchisi Mardonbek Abduraimovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Bunyodkor U-21 – Navbahor U-21
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi Bunyodkor U21 – Navbahor U21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida Bunyodkor U21 futbol klubi futbolchisi Alijon Bekmurodov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan Bunyodkor U21 futbol klubi futbolchisi Alijon Bekmurodovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Qizilqum U-21 – Xorazm U-21
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi Qizilqum U21 – Xorazm U21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 83-daqiqasida Xorazm futbol klubi futbolchisi Dostonbek Qurbonov raqib jamoa futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani hamda maydonni tark etayotgan vaqtda zahira hakami shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62, 63-moddalariiga asosan Xorazm U21 futbol klubi futbolchisi Dostonbek Qurbonovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.
U-19 chempionati
BuxDU U-19 – Surxon U-19
U19 chempionati 2-turi doirasidagi BuxDU U19 – Surxon U19 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “BuxDu U19” futbol klubi futbolchisi Asadbek Bahronqulov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining ko'krak qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan BuxDU U19 futbol klubi futbolchisi Asadbek Bahronqulovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Buxoro U-19 – TerDU U-19
U19 chempionatining 2-turi doirasidagi Buxoro U19 – TerDu U19 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra TerDu U19 jamoasi tomomidan Superliga reglamentining 9.11-bandini buzilganligi, yani TerDu U19 jamoasining uchrashuvga kelmaganligi aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 53-moddasiga asosan TerDu futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47036 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 05.05.2026 23:56 Ўқилди 17375 LIVE. YCHL. "Arsenal" - "Atletiko Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 07.05.2026 00:08 Ўқилди 8061 LIVE. YCHL. "Bavariya" – PSJ 0:1 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.05.2026 01:56 Ўқилди 6432 A Seriya. “Inter” va “Yuventus”da mehmonda g'alaba |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6143 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 07.05.2026 00:32 Ўқилди 4411 "FarDU" bosh murabbiyi Shavkat Yusupov: "Raqib posboni o'yinni yaxshi o'tkazdi" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 3911 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3571 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 07.05.2026 00:56 Ўқилди 3281 "Barselona" "Bornmut" hujumchisining kutilmagan transferini tayyorlamoqda |
![]() | 07.05.2026 00:00 Ўқилди 3236 YCHL. "Bavariya" – PSJ 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида