Vlaxovich faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin
13.05.2026 22:11 Ўқилди: 27
«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich Madridning «Atletiko» klubiga erkin agent sifatida taklif qilindi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.
Serb futbolchisining turinlik klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Vlaxovich transfer qiymati 35 million yevro atrofida baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Dushan 2022 yil yanvarda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga ko‘chib o‘tgandi.
Joriy mavsumda hujumchi A Seriyada 17 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.