Oq uy mamuriyati a'zosi JCHdagi Eron haqida: "Ular matbuot va murabbiylar niqobi ostida o'zlari bilan terrorchilarini olib kela olishmaydi"
13.05.2026 21:48 Ўқилди: 441
"Janob Infantino va uning jamoasi bilan bo'lgan suhbatlarimizda, boshidanoq reja Eron o'z o'yinlarini shu yerda o'tkazishiga qaratilgan edi. Prezident Tramp ular o'ynash uchun taklif etilganini ochiq-oydin bildirgan.
Biroq ular o'zlari bilan Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) terrorchilari to'dasini olib kelib, ularni jurnalist yoki jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ko'rsata olishmaydi. Tabiiyki, biz barcha mamlakatlarga nisbatan futbolchilar, murabbiylar va jamoaning barcha yordamchi xodimlari ustidan xavfsizlik tekshiruvini o'tkazamiz. Va ular bu tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tishlari shart.
Viza bo'yicha har bir qaror - bu milliy xavfsizlik masalasidir. Avvalo, biz tadbir xavfsiz o'tishiga ishonch hosil qilishni istaymiz. Aynan shu narsa musobaqa muvaffaqiyatini taminlaydi", - dedi Juliani.