Peres tanqididan so'ng, o'sha nashriyotga egalik qiluvchi kompaniya rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi
13.05.2026 13:48 Ўқилди: 300
Florentino Peres ABC va "Relevo" nashrlarini tanqid qilganidan so'ng (ushbu sport nashri o'tgan yilning bahorida yopilgan edi), mazkur nashrlarga egalik qiluvchi mediaguruh rahbari almashganini e'lon qildi.
"Real" prezidenti seshanba kuni OAVni o'z klubiga hujum qilishda aybladi va jurnalist Ruben Kanisares bilan dahanaki jangga kirishdi.
Deyarli bir vaqtning o'zida "Vocento" mediaguruhi uning rahbari Ignasio Ibarra Asnar 12 may kuni direktorlar kengashini o'z lavozimini tark etish istagi haqida xabardor qilganini bildirdi.