
Shu hafta Onda Cero jurnalisti Migel Serrano Ryudiger Karrerasning yuziga urgani haqida xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, voqea aprel oyida madridliklarning "Alaves" va "Betis"ga qarshi o'yinlari oralig'ida sodir bo'lgan.
The Athletic nashri ham aprel oyida germaniyalik himoyachining jamoadoshlaridan biri bilan mojarosi kelib chiqqanini tasdiqlagandi. O'shanda Antonio uzr so'ragani va butun jamoani oilasi bilan birga tushlikka taklif qilgani aytilgan edi.
COPE jurnalisti Migel Anxel Dias esa Ryudiger Karrerasning yuziga urganini tasdiqladi, biroq bu voqea aprelda emas, balki fevralda - butun jamoa yig'ilgan kechki ovqatning ertasiga sodir bo'lganini ta'kidladi.
Ispaniyalik futbolchi tarqalgan gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"So'nggi kunlarda men haqimda haqiqatga to'g'ri kelmaydigan turli ig'vo va sharhlar paydo bo'ldi. Mening ushbu klubga va men bilan birga ishlagan murabbiylarga bo'lgan sadoqatim birinchi kundan boshlab mustahkam bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.
Qaytgan paytimdan beri doimo yuqori professionallik, hurmat va fidoyilik bilan ishlab kelmoqdaman. Uyga qaytish orzuimni amalga oshirish uchun juda ko'p mehnat qildim.
Jamoadoshim bilan bog'liq hodisaga to'xtaladigan bo'lsam, bu bir martalik va ahamiyatsiz holat bo'lib, u allaqachon hal qilingan. Mening butun jamoa bilan munosabatlarim juda yaxshi", – deb yozdi Karreras instagramdagi storisida.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47150 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6248 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5184 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4809 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 4031 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3610 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 10.05.2026 23:56 Ўқилди 3132 LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3115 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3018 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2900 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида