
Farg'ona va Samarqanddagi muvaffaqiyatli startlardan so'ng, Toshkent milliy final yo'llanmasi uchun kurashishga tayyor bo'lgan 1000 nafardan ortiq futbolchilarning arizalarini jamladi.

Darvozabonsiz 4×4 format va 10 daqiqalik uzluksiz o'yin o'zining tomoshabopligini namoyon etdi: chaqqon hujumlar, gavda bilan bloklar va har bir uchrashuvning dastlabki hamda so'nggi 60 soniyasidagi hal qiluvchi “ikki karra gollar”. Har bir vaziyat o'yin taqdirini o'zgartirishi mumkin edi.
2–3 may kunlari Toshkentda o'tkazilgan Red Bull Four 2 Score saralash bosqichida poytaxtning 64 ta jamoasi ishtirok etdi. Ulardan eng yaxshi 8 ta jamoa milliy final yo'llanmasini qo'lga kiritdi, tomoshabinlar esa yuzlab yorqin lahzalar va keskin yakunlarning guvohi bo'lishdi.

“Bizning “POSITIVE TM” jamoamiz Red Bull Four 2 Score Uzbekistan 2025 milliy chempioni bo'lgan edi va bugun pley-offning ilk o'yinida bizga juda qiziqarli raqib - 2024 yil g'olibi bo'lgan EVEREST jamoasi duch keldi, - deydi “POSITIVE TM” jamoasi sardori Omonjonov Elyor. - Bugun biz EVEREST jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdik, bu esa ruhiyatimizni ko'tardi va bizga yanada kuch bag'ishladi. Yakuniy o'yin natijasiga ko'ra esa milliy final yo'llanmasini qo'lga kiritdik.”
Toshkent saralash bosqichi mintaqaviy turning kulminaciyasiga aylandi va Red Bull Four 2 Score musobaqasining O'zbekistondagi mashhurligini yana bir bor tasdiqladi.
Milliy finalga yo'llanma olgan jamoalar:Richmond, Progress, FC Keles, LAVHA, CHELANO, Positive TM, Neftegaz, TTZ Team

Milliy final yaqinlashmoqda
Farg'ona, Samarqand va Toshkentning eng kuchli jamoalari mavsumning asosiy voqeasi - 17 may kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol majmuasi hududida bo'lib o'tadigan Red Bull Four 2 Score milliy finaliga tayyorgarlik ko'rmoqda. G'olib jamoa kuzda Toronto shahrida bo'lib o'tadigan jahon finalida O'zbekiston sharafini himoya qilish huquqini qo'lga kiritadi.
Voqealarni kuzatib boring:
Instagram: @RedBull.uz
#Four2ScoreUZ
Red Bull Four 2 Score tezkor fikrlash, zarba aniqligi va jamoaviy uyg'unlikni sinovdan o'tkazadi. Toshkent bir narsani isbotladi: O'zbekiston ko'cha futboli xalqaro darajaga chiqishga tayyor.

![]() | 25.04.2026 03:32 Ўқилди 5959 Islom Ahmedov: "Menga to'rtta o'yinga imkoniyat berishdi. G'alaba ortida katta mehnat yotibdi" |
![]() | 27.04.2026 01:48 Ўқилди 4416 A Seriya. "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi |
![]() | 26.04.2026 01:40 Ўқилди 4326 "BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov: "Proligada istalgan jamoa bizga hujum qilyapti" |
![]() | 30.04.2026 00:16 Ўқилди 4284 Toni Kroos "Real"ga qaytmoqda? Klub afsonaga muhim lavozim tayyorlab qo'ygan |
![]() | 29.04.2026 00:32 Ўқилди 4128 Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi |
![]() | 29.04.2026 01:16 Ўқилди 3594 Ulug'bek Bakaev: "Hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi" |
![]() | 28.04.2026 23:56 Ўқилди 3458 "Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum |
![]() | 03.05.2026 20:24 Ўқилди 3379 Fergyuson "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin "Old Trafford"dan kasalxonaga olib ketildi |
![]() | 29.04.2026 00:16 Ўқилди 3361 Superliga. “So'g'diyona” – “Surxon” 5:2 |
![]() | 29.04.2026 03:56 Ўқилди 3184 Kamoliddin Tojiev: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. G'alabaga loyiq emas edik" |
Реклама
Сайт хақида