
O'yindan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor muxlislarimizni ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislar bizdan chiroyli o'yin va g'alaba kutishadi, shu bois tabriklayman. Juda tig'iz taqvim ostida o'yinlarni o'tkazdik, toliqib ham qoldik. O'yinning oxirgi daqiqalarini validol ostida o'tkazdik. Uchrashuvning birinchi 20 daqiqasini yaxshi o'tkazdik. Gol urib oldik. Undan keyin negadir o'yinimiz qovushmadi, bahsni nazorat qila olmadik, ustunlik raqibga o'tdi va o'z o'yinini ko'rsata boshladi. Natijadan qoniqdim, lekin o'yinimizni yanada yaxshilashimiz kerak. Kuchaytirish kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Tig'iz taqvimda yigitlar o'ynab berishdi, buning uchun rahmat aytaman.
- Shahboz Jo'rabekov "Paxtakor"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olib, ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Shundan beri uning o'rnida Kirill Todorov o'ynayapti. Todorovni Jo'rabekovga yaxshi almashtirish deb hisoblaysizmi?
- Todorov o'ylashimcha, ikkita uchrashuvni yomon o'tkazmadi. Shahbozning o'ziga yarasha plyuslari bor. Todorovning ham o'ziga yarasha plyuslari bor. Bu yerda raqobat haqida gap ketyapti, keyingi o'yinlarda kim maydonga tushishini ko'ramiz. Menga Todorovning ikkita bahsdagi harakati yoqdi, undan qoniqdim. Unda salohiyat bor deb o'ylayman. U hali o'sadi.
- 70-raqamda maydonga tushgan Og'abek Mahmadaminovni "sehrli tayoqcha" desa bo'ladimi? Unga imkoniyat berdingiz, u imkoniyatni oqlay oldimi? Bu futbolchi U-21 jamoasida yaxshi o'yin ko'rsatyapti.
- Biz uning imkoniyatlarini va yoshlar ligasida yaxshi harakat qilayotganini bilamiz. Qachondir uning vaqti keladi va yaxshi hujumchi bo'lib yetishishi o'ziga bog'liq. Bugungi bahsni Kachavar jarohat sabab, Jo'raboev qizil kartochka tufayli o'tkazib yubordi va Og'abekka imkon berdik. Uni debyut bilan tabriklayman.
![]() | 25.04.2026 03:32 Ўқилди 5935 Islom Ahmedov: "Menga to'rtta o'yinga imkoniyat berishdi. G'alaba ortida katta mehnat yotibdi" |
![]() | 27.04.2026 01:48 Ўқилди 4392 A Seriya. "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi |
![]() | 26.04.2026 01:40 Ўқилди 4317 "BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov: "Proligada istalgan jamoa bizga hujum qilyapti" |
![]() | 30.04.2026 00:16 Ўқилди 4251 Toni Kroos "Real"ga qaytmoqda? Klub afsonaga muhim lavozim tayyorlab qo'ygan |
![]() | 29.04.2026 00:32 Ўқилди 4122 Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi |
![]() | 29.04.2026 01:16 Ўқилди 3591 Ulug'bek Bakaev: "Hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi" |
![]() | 28.04.2026 23:56 Ўқилди 3443 "Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum |
![]() | 29.04.2026 00:16 Ўқилди 3358 Superliga. “So'g'diyona” – “Surxon” 5:2 |
![]() | 29.04.2026 03:56 Ўқилди 3178 Kamoliddin Tojiev: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. G'alabaga loyiq emas edik" |
![]() | 02.05.2026 00:56 Ўқилди 3050 Lui Saa: "Retkliffdan Kerrikning qolishini so'ragan bo'lardim" |
Реклама
Сайт хақида