"Inter" argentinalik yulduzni "Real"dan ilib ketishga urinmoqda
02.05.2026 13:48 Ўқилди: 730
Hozirda futbolchi "Komo"da o'ynamoqda. Biroq, Alvaro Arbeloning ehtimoliy iste'fosidan so'ng "Real Madrid"ning navbatdagi murabbiyi kim bo'lishiga ko'p narsa bog'liq ekani takidlanmoqda. Pas madridliklar tarbiyalanuvchisi va ular uni sotib olish imkoniyatini faollashtirishlari mumkin. Avvalroq madridliklar joriy mavsum yakunlangandan so'ng shunday niyatda ekanliklarini ma'lum qilishgandi.
Shunga qaramay, "Inter" Pasni qo'lga kiritishdan umidini uzmayapti va futbolchi uchun 40-50 million evro tayyorlamoqda. Bu mavsumda Pas "Komo" safida 38 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.