FIFA O'zbekistondan keyingi U-20 jahon chempionati mezbonlarini e'lon qildi
29.04.2026 14:08 Ўқилди: 224
Unga ko'ra, navbatdagi yirik turnir Armaniston va Gruziya maydonlarida bo'lib o'tadi.
"Armaniston va Gruziya 2029 yilda 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi FIFA jahon chempionatiga mezbonlik qiladi! Bu har ikki mamlakat tarixida FIFA shafeligida o'tkaziladigan ilk turnir bo'ladi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma'lumot uchun:
2025 yilgi yoshlar o'rtasidagi JCH Chilida bo'lib o'tdi va unda Marokash terma jamoasi finalda Argentinani 2:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi. Kolumbiya esa Fransiyani mag'lub etib, uchinchi o'rinni egalladi.
JCH-2027 turniri esa Ozarbayjon va O'zbekiston yashil maydonlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu tariqa, Kavkaz mintaqasi ketma-ket ikkita yoshlar o'rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladigan bo'ldi.