Antuan Grizmann: "Darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishdan ko'ra, chiroyli assist berishni afzal ko'raman"
29.04.2026 11:48 Ўқилди: 821
Tajribali hujumchining fikricha, jamoadoshlariga imkoniyat yaratish unga gol urishdan ko'ra ko'proq zavq bag'ishlaydi.
- "Menga darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishdan ko'ra, sifatli assist berish ko'proq yoqadi. O'zimni ko'proq bir yoki ikki teginish bilan o'ynaydigan futbolchi deb hisoblayman.
Balki o'yinim u qadar effektli ko'rinmas, lekin doimo jamoadoshlarim uchun vaziyatlar yaratishga va raqiblarni kutilmagan qarorlar bilan hayron qoldirishga harakat qilaman. Xuddi "Tottenxem"ga qarshi (YCHL 1/8 finali, 5:2) bahsda bo'lgani kabi", - dedi Grizmann.